Indoneziyadagi qurol-yarog‘ omborida yong‘in chiqdi 

Olam

image

Indoneziya armiyasining G‘arbiy Yava provinsiyasidagi o‘q-dorilar omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Antara News” agentligi xabar berdi.

Mamlakat poytaxti Jakarta yaqinidagi o‘q-dorilar ombori portlab ketgan. Dastlab mahalliy hukumat yong‘in nazorat ostida emasligini bildirgan. Yangi portlashlar seriyasi o‘t o‘chiruvchilarni o‘z ishlarini bajarishga va perimetrga yaqinlashishga to‘sqinlik qilgan. Aholi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilinmoqda. 

Voqea joyiga o‘nlab harbiylar ham yuborilgan. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmagan. Taxminlarga ko‘ra, yong‘in bazaning yaroqlilik muddati o‘tgan snaryadlar saqlanadigan qismidan boshlangan. 

Keyinchalik general Muhammad Hasan yong‘in nazoratga olingani va uning sabablari o‘rganilayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi restoranlardan birida yong‘in sodir bo‘lgan, oqibatda 43 kishi halok bo‘lgandi. Bugun, 31 mart kuni Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Indoneziya Jakarta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing