Indoneziyada zilzila qurbonlari soni 268 kishiga yetdi

Olam

image

Indoneziyaning Yava orolida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 268 kishiga yetdi. Bu haqda “Detik” nashri mamlakatning tabiiy ofatlarni nazorat qilish agentligi rahbariga tayanib xabar berdi.

"Biz hozirda 268 kishi vafot etganini bilamiz. Ma’lumotlar muntazam ravishda yangilanmoqda”, deydi agentlik rahbari Suxaryanto.

Ma’lum bo‘lishicha, zilzila oqibatida kamida 377 kishi jarohatlangan, 31 kishi bedarak yo‘qolgan. 2300 dan ortiq uy butunlay vayron bo‘lgan yoki katta zarar ko‘rgan. 

Bundan tashqari, zilzila bitta qishloqni qamrab olgan ko‘chkini keltirib chiqargan.

Eslatib o‘tamiz, 21 noyabr kuni Indoneziyaning Yava orolida zilzila sodir bo‘lgandi. Dastlab halok bo‘lganlar soni 46 ta ekani qayd etilgan bo‘lsa, keyinchalik 162 kishiga yetgani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing