Indoneziyada zilzila oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
21 noyabr 2022 4799 1 daqiqa
Bugun, 21 noyabr kuni Indoneziyaning Yava orolida zilzila sodir bo‘ldi. Oqibatda 46 kishi halok bo‘ldi, 700 ga yaqin kishi jarohatlandi. Bu haqda orolning Chianjur shahri ma’muriyati rahbari Xerman Suherman ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Chianjur shahri 5,6 magnitudali zilzila epimarkaziga aylangan. Shuningdek, zilzila mamlakat poytaxti Jakartada ham sezilgan.
“So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 46 kishi halok bo‘lgan. Ko‘p hududlardan qurbonlar haqida ma’lumot kelishda davom etmoqda. Jami 700 ga yaqin odam jarohat oldi”, deydi Xerman Suherman “Kompas” telekanaliga bergan intervyusida.
Jabrlanganlarning ko‘pchiligida sinish holati kuzatilgan.
Indoneziya tabiiy ofatlarga qarshi kurashish milliy agentligiga ko‘ra, o‘nlab binolar, jumladan, islom maktab-internati va shifoxonalar zarar ko‘rgan.
Live
Barchasi