Indoneziyada Merapi vulqoni otila boshladi
Olam
−
09 avgust 2021
3260Indoneziyaning Yava orolida joylashgan Merapi vuulqoni otila boshladi. Kecha, 8 avgust kuni vulqon krateridan ulkan kul tutuni tepaga ko‘tarilib, bir necha aholi punktlariga yog‘ilgan va taxminan yetti marta lava otilishi kuzatilgan.Bu haqda "Associated Press" nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hukumat vulqondan 5 km radiusda yashaydigan aholidan o‘z uylarini tark etishni so‘ramoqda. Hozircha tabiiy ofatdan jabrlanganlar haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Ma’lumot o‘rnida, Merapi — Indoneziyadagi eng faol uyg‘oq vulqon. U Markaziy Yava provinsiyasida, Jakarta shahridan 30 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, balandligi 2910 metrga teng. Ushbu vulqoning kuchli otilishi so‘nggi marta 2010 yilda kuzatilgan va oqibatda 347 kishi halok bo‘lgan.
Avvalroq, Germaniyada 13 ming yil “uxlagan” vulqon harakatga kelgani va Italiyada Yevropadagi eng yirik vulqon otilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi