Indoneziyada bedarak yo‘qolgan ayolning jasadi pitonning ichidan topildi

Olam

image

Indoneziyada yetti metr uzunlikdagi piton 54 yoshli ayolni butunlay yutib yubordi. Bu haqda “Coconuts” portali xabar bermoqda.

Joriy yilning 23 oktyabrida Indoneziyaning Betara okrugida terimchi ayol g‘oyib bo‘lgan. Politsiya xodimlari va indoneziyalik hamkasblari ayolni qidirishgan. Ular faqatgina ayolga tegishli sandal, ko‘ylak va pichoqni topishgan.

Tintuv chog‘ida politsiya xodimlari qorni shishib ketgan yetti metrlik ulkan pitonni topgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari ilonning qornini kesib, u yerda o‘lik ayolning jasadini topgan.

“Biz ilon ichidan topganimizda jabrlanuvchining jasadi chirimagan edi. Bu shuni anglatadiki, u yaqinda butunlay yutib yuborilgan", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1951

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing