Indoneziyada 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Olam

image

Indoneziyaning Maluku provinsiyasida bugun, 17 fevral kuni 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. 

AQSH Geologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epimarkazi Key orollaridagi Tual shahridan 130 km janubi-g‘arbda bo‘lgan. Zilzila manbai 38,6 km chuqurlikda joylashgan. 

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q. 

2004 yilda Indoneziyada sodir bo‘lgan dahshatli zilzila 170 mingga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘ldi. 

2018 yilning 28 sentyabr kuni Sulavesi qirg‘oqlarida 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila oqibatida yuzaga kelgan sunami bir qancha hududlarda vayronagarchilikka olib keldi, 4340 kishi halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing