Indoneziya Prezidenti korrupsionerlar uchun alohida orolda qamoqxona qurmoqchi
Olam
−
14 mart
1744Indoneziya Prezidenti Prabovo Subianto mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida alohida orolda maxsus qamoqxona qurish rejasini ma’lum qildi. Bu haqda “Antara” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qamoqxona korrupsiyada ayblangan jinoyatchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, davlat mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxslar jazoni aynan shu yerda o‘taydi.
“Men korrupsionerlarga qarshi kurashdan chekinmayman. Ular men bu millat va davlat uchun o‘lishga tayyor ekanimni bilishlari kerak. Men mafiyadan qo‘rqmayman, chunki politsiya boshlig‘i, harbiy qo‘mondon va o‘qituvchilar mening tomonimda”, deydi Subianto.
Prezidentning ta’kidlashicha, davlat mablag‘larini o‘zlashtirishdan eng ko‘p jabr ko‘rganlar — o‘qituvchilar, shifokorlar, tibbiyot xodimlari va fermerlar. Shu sababli, u davlat muassasalarida byudjet mablag‘larining samarali ishlatilishini ta’minlashga va mas’uliyatsiz shaxslar tomonidan suiiste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilishini bildirdi.
Shuningdek, Subianto korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bir necha marotaba bayonot berganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyaning avvalgi prezidenti Joko Vidodo 10 sentyabrda mamlakat poytaxtini Jakartadan yangi qurilgan Nusantara shahriga ko‘chirishga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

