Hindiston dushmanlariga qarshi urushga ham tayyor

Olam

image

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi mamlakat kerak bo‘lsa kurashishga ham tayyorligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston dushmanlari vaziyatni izdan chiqarish uchun terakt va fitnadan foydalanyapti. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

“Hindiston kurashadi, yashaydi, mehnat qiladi va g‘alaba qozonadi”, degan Modi Hindiston xalq partiyasi vakillari oldidagi chiqishida.

Agentlikning ta’kidlashicha, Bosh vazir Pokiston bilan mojaro haqida gapirmagan. Partiya a’zolari esa qo‘shni davlatga yangi zarbalar berish kerakligini aytgan.

Bundan tashqari Hindiston Mudofaa vazirligidagi manbaning ma’lum qilishicha, Pokiston hukumati “Jaish-ye-Muhammad” terrorchilik guruhining yetakchilarini yashiryapti.

Rasmiy Islomobod Hindiston bilan urush chiqishini istamasligini aytyapti. Biroq “The Times of India” nashrining yozishicha, Pokiston Bosh vaziri Imron Xon yadro kuchlari qo‘mondonlari bilan yig‘ilish o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha Pokiston Harbiy havo kuchlari Hindiston HHKga qarashli ikkita qiruvchi samolyotni urib tushirdi. Bu Hindiston aviatsiyasi “Jaish-ye-Muhammad” lageriga hujum qilgach, yuz berdi.

“Jaish-ye-Muhammad” guruhi 14 fevral kuni hind harbiylari avtokolonnasiga qarshi uyushtirilgan terakt uchun javobgarlikni o‘ziga olgandi. Teraktda 45 kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made