Imtihon arafasida Samarqandda o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan “uddaburon” ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, buning evaziga 2 700 AQSH dollari olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Departamentning Ishtixon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro R.B. pora bilan qo‘lga tushgan. U fuqaro A.dan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 700 AQSH dollari pora olgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Farg‘onada fuqaroni pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan talaba va institut xodimi ushlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing