Imron Xon: Pokiston endi jangarilar uchun boshpana emas  

Olam

image

Bugun, 17 fevral kuni Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon Pokiston endi jangarilar uchun boshpana bo‘lmasligini aytdi. Shuningdek, uning ma’muriyati Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini to‘liq qo‘llab-quvvatlayotganini bildirdi. 

Xalqaro xamjamiyat tomonidan Afg‘oniston bilan chegaradosh mintaqada "Tolibon" va boshqa ekstremistik guruhlarni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblanayotgan Pokiston har qanday bitim va xavfsizlikning kaliti deb qaraladi.

"O‘tmishda qanday vaziyat yuzaga kelgan bo‘lsa ham, hozir bizga bitta narsa kerak: Afg‘onistondagi tinchlik”, deydi Xon. Avvalroq, Afg‘onistonning ikkinchi vitse-prezidenti Sarvar Danish Imron Xonni toliblarga Pokistondagi afg‘on qochqinlar lagerlaridan yangi jangarilarni yollashga ruxsat berishda ayblagan edi.

O‘tgan hafta rasmiylarning ta’kidlashicha, "Tolibon", Afg‘oniston va AQSH xavfsizlik kuchlari yetti kunlik "zo‘ravonlikni to‘xtatish" bo‘yicha sulhni imzolagan edilar. Ushbu qadamga to‘liqroq kelishuv e’lon qilinishidan oldin ishonchni mustahkamlash choralarining bir qismi sifatida qaraldi. Ammo, dam olish kunlari qon to‘kilishi, jumladan, Qunduz viloyatida "Tolibon" hujumi davom etdi

Eslatib o‘tamiz, afg‘onistonlik qochqinlar 1979 yilda Sovet Ittifoqining Afg‘onistonga qo‘shin kiritishidan keyin Pokistonga kela boshlaganlar. Ma’lumotlarga ko‘ra, Pokistonga joylashgan qochqinlardan "Tolibon" harakati o‘zi uchun jangarilar tayyorlagan.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing