Imomali Rahmon MO davlatlari rahbarlari faxriy yorlig‘ining birinchi sohibi bo‘ldi

Jamiyat

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitida “Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

“Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonga birinchi oliy mukofot — “Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining faxriy yorlig‘i”ni tantanali ravishda topshirdi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, mukofot Tojikiston rahbariga Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro tushunish va hamkorlikdagi xizmatlari uchun Markaziy Osiyo mintaqasining qolgan to‘rtta davlat rahbarlari ishtirokida topshirilgan.

Qayd etilishicha, Imomali Rahmon tarixda bunday mukofotning birinchi sohibi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha 5 avgust kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari — Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Kaspiy dengizi sohilida norasmiy muhitda uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing