Imomali Rahmon Mirziyoyevni 65 yoshi bilan tabrikladi
Jamiyat
−
24 iyul 2022
7438Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida Tojikiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar tilagan.
Bundvan tashqari, ikki tomonlama kun tartibidagi hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilgan.
Joriy yilning 2-3 iyun kunlari Tojikiston Prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarni bajarish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligi ta’kidlangan.
Eng avvalo energetika sohasidagi kooperatsiya loyihalarini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Joriy yil sentyabr oyida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilingan.
Ma’lumot uchun, bugun Prezident Shavkat Miziyoyev 65 yoshni qarshi oldi.
LiveBarchasi