Toshkentda imom-xatiblar yo‘lidan adashmasligi uchun yig‘ilish o‘tkazildi
Jamiyat
−
09 fevral 2019
6491Kecha, 8 fevral kuni Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston musulmonlari idora raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur hamda Toshkent shahar bosh-imom xatibi Rahimberdi Rahmonov ishtirok etgan.
Imom-xatib bugun o‘ziga yuklatilgan sharafli mas’uliyatni qanchalik to‘laqonli ado etyapti? Qanday fazilatlarga ega bo‘lyaptiyu, qaysi jihatlarda oqsamoqda? Ayniqsa, shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda din atrofidagi munozaralarga ilmiy yechim, asosli javob bera olyaptimi? Yig‘ilishda ana shu masalalar muhokama qilingani aytilmoqda.
“Diniy soha egasi o‘ta hassos omonatni tutib turgan kishidir. Uning zimmasida bugun ikki karra mas’uliyat bor. Kishilarni hidoyat va ma’rifatga chaqirish, undan so‘ng esa bu yo‘lda adashib ketmaslik. Ajdodlar, ulug‘ ustozlar yo‘lini tutishda mustahkam ko‘prik bo‘la olish. Inchunin, adashish bugun oson bo‘lib qoldi. Bo‘linayotgan barcha firqa, toifa o‘zini najotga boshlovchi, sof islomni ta’lim beruvchi deb e’lon qiladi. Bunday paytda imom-xatib o‘z bilimi, ilmiy salohiyati ila haq bilan botilni ajratib beradi, adashgan toifa egasiga asosli raddiya bera olishi bilan jamiyatda birdamlik, birodarlikni ta’minlay oladi. Mana shunday talabga javob bera olganlargina bu vazifaga munosib bo‘ladilar”, deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tarqatilgan xabarda.
LiveBarchasi