Immunolog: “O‘zini o‘zi izolyatsiyaga olish bir haftada natijasini ko‘rsatadi”

Olam

image

Rossiyadagi “Mikrob” vaboga qarshi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Vladimir Kutirev koronavirus tufayli joriy qilingan o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish bir hafta ichida o‘z natijasini beradi, deb hisoblaydi. Bu haqda TASS yozmoqda.

“Ichki kasalliklar ko‘payishda davom etayotganiga qaramay, biz buni kuzatyapmiz va tuzatyapmiz. Inkubatsiya davrini hisobga olgan holda aytish mumkinki, ushbu cheklov bir hafta ichida o‘z natijasini beradi”, dedi Kutirev.

Immunologning aytishicha, ana shunda kasallikning oshgani yoki kamaygani yuzaga chiqadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 7 497 nafarga yetdi. 58 bemor olamdan o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

284

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing