IMMAF prezidenti Toshkentga keldi (video)
Sport
−
26 Oktabr
3955Bugun, 26 oktyabr kuni Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi (IMMAF) prezidenti Kerrit Braun O‘zbekistonga keldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Braunni Toshkent Xalqaro aeroportida O‘zbekiston MMA federatsiyasi vakillari va OAV qarshi oldi.
“Toshkentga kelganimdan juda xursandman. Biz bu yerda IMMAF Jahon chempionatini o‘tkazamiz. O‘ylaymanki, chempionat bahslari yuqori saviyada tashkil etiladi”, deydi Braun.
Ma’lumot uchun, 5-10 noyabr kunlari Toshkent shahrida aralash jang san’atlari bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkaziladi. Musobaqada 67 dan ortiq milliy federatsiyalardan kelgan 650 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadi.
LiveBarchasi