IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi bayonotga javob qaytardi. Kompaniya rahbari lavozimidan ketyapti

Biznes

−

image

Avvalroq, Islom moliyasini muvofiqlaştiriş kengaşi vakili Mahmud Usmon özining rasmiy sahifasida bayonot berib, “Iman Invest” kompaniyasidagi moliyaviy tafovutlar va investorlar mablağlari bilan boğliq masalalarni oçiqlagan edi. Uning aytişiça, kompaniyaning 70 million dollarlik portfelida 20 million dollarlik kamomad bor.

IMAN Holding uşbu talqinga qöşilmasligini bildirib, keltirilgan summa uçta alohida moliyaviy körsatkiçni birlaştirişi va ularni bevosita zarar sifatida baholaş notöğri ekanini ma’lum qildi.

Kompaniya mazkur körsatkiçlarni izohladi

Birinçisi, 3,5 million dollar – muammoli qarzlar böyiça zaxiralar bilan qoplanmagan risk. 1 oktyabr holatiga bunday qarzlarning portfeldagi uluşi 6,5 foizni taşkil etgan. 31,91 milliard sömlik zaxiralar hisobga olinganda esa bu körsatkiç 3,5 foizga tuşgan.

Ikkinçisi, 2,97 million dollar – boşqaruv kompaniyasining investitsiya fondi oldidagi qarzi. Kompaniya izohiga köra, bu qarz boşqaruv taşkilotining joriy xarajatlarini fond mablağlari hisobidan moliyalaştiriş oqibatida yuzaga kelgan. Uşbu amaliyotlar avval amal qilgan ofertalar şartlariga muvofiq bajarilgan. Jumladan, 2025 yil 28 yanvardagi oferta IFSB tomonidan tasdiqlangan. Kompaniyaning ta’kidlaşiça, bu amaliyot iyul oyida töxtatilgan va mablağlarni noyabr oyidan boşlab olti oy içida qaytariş rejalaştirilgan.

Uçinçisi – 140,75 milliard söm miqdoridagi ortiqça kapital. Murojaatda barça investorlar mablağlarini qaytarib olişga ariza bergan taqdirda, ularga pulni töliq qaytariş imkoniyati yöqligi aytilgan edi. IMAN ma’lumotlariga köra, 2026 yil 1 oktyabr holatiga nasiya savdo portfeli 1 trln 105 mlrd 777 mln sömni, investorlar portfeli esa 965,02 milliard sömni taşkil etgan. Kompaniya bu raqamlar moliyaviy tafovut mavjud emasligini körsatişini bildirgan.

Hozirça tomonlar bildirgan fikrlarni tasdiqlovçi mustaqil xulosa mavjud emas.

Avtomobillar xaridi böyiça ham izoh berildi

Murojaatda fond bilan boğliq mablağlar hisobidan xarid qilingan ikkita avtomobil masalasiga ham e’tiroz bildirilgan. 2026 yil aprel oyida kompaniya asosçisi Rustam Rahmatov uçun taxminan 128 ming dollarga Mercedes-Benz C500 avtomobili xarid qilingan. Kompaniya ma’lumotiga köra, avtomobil fond foydasiga ijaraga beriş maqsadida olingan va unga bozor stavkasida ijara haqi belgilangan. Keyingi tekşiruvda uşbu bitim islomiy moliyalaştiriş tamoyillariga mos kelmasligi tan olingan.

IMAN ma’lum qilişiça, 12 avgust kuni avtomobil sotilgan, uning qiymati va ijara tölovlari töliq qaytarilgan.

Şu bilan birga, 2023 yilda bölib tölaş şarti bilan xarid qilingan BYD Champion avtomobili böyiça qarzdorlik 31 iyul kuni Rustam Rahmatov tomonidan muddatidan oldin töliq qoplangan. Tölangan summa 366,9 million sömdan oşgan.

Kompaniyaning qayd etişiça, bildirilgan e’tirozlarning asosiy qismi aniqlangan zahoti hal qilingan, ayrim masalalar esa hozirda bartaraf etilmoqda.

Yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan IMAN Holding rahbariyati kompaniya faoliyatini isloh qilişga qaratilgan çora-tadbirlarni ham ma’lum qilgan. Jumladan, kompaniyaning kundalik boşqaruvini yangi mutaxassislarga topşiriş va asosçi Rustam Rahmatovni kuzatuv kengaşiga ötkaziş belgilangan.

Şuningdek, islomiy moliya qoidalariga rioya etilişini ta’minlaş uçun uç nafar olimdan iborat Şariat kengaşini tuziş hamda moliyaviy şaffoflikni oşiriş maqsadida mustaqil auditorlarni jalb qiliş rejalaştirilgan.

Eslatib ötamiz, 25 oktyabr kuni Islom moliyasini muvofiqlaştiriş kengaşi (IFCB) “Iman Invest” bilan barça hamkorlikni töxtatganini e’lon qilgan edi. Kengaşning dastlabki xulosalarida investorlar mablağlaridan foydalaniş bilan boğliq jiddiy qoidabuzarliklar va bir neça million dollarlik kamomad haqida aytilgan.

Kompaniya asosçisi Rustam Rahmatov esa bu da’volarni rad etib, kelişmovçilik Mahmud Usmonning xizmat haqlarini kamaytiriş va kompaniya aksiyalaridan uluş berilmagani bilan boğliqligini bildirgan. Keyinroq esa Mahmud Usmon özining rasmiy sahifasida yangi bayonot berib, kompaniyadagi moliyaviy tafovutlar va investorlar mablağlari bilan boğliq masalalarni oçiqladi. U kompaniyaning 70 mln dollarlik portfelida 20 mln dollarlik kamomad aniqlanganini da’vo qildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar