Ilon Mask yangi kompaniyaga asos soldi

Texnologiya

image

Ilon Mask 12 iyul kuni ChatGPT`ga qarshi tura oladigan, sun’iy intelekt (SI)ga asoslangan yangi kompaniya tashkil etganini e’lon qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Dastlab Mask ChatGPT yaratuvchisi OpenAI`ni qo‘llab-quvvatlagan, biroq keyinchalik u kompaniyani noxolis yoki behayo javoblarni tarqatadigan virusli chatbotdan himoya choralarini kiritganligi uchun tanqid qildi hamda ChatGPT`ga qarshi turuvchi yangi kompaniyaga asos soldi. 

xAI deb nomlangan kompaniya veb-sayt va o‘nlab xodimlardan iborat jamoani o‘z ichiga oladi. Yangi kompaniya Mask tomonidan boshqariladi va Twitter, Tesla va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

"Biz TruthGPT deb ataladigan loyihani boshlaymiz. Uning maqsadi koinotni tushunish. U haqiqatni izlaydigan maksimal sun’iy intelekt bo‘ladi", degan edi Mask aprel oyida.

Intervyularidan birida Mask boshqa texnologiya rahbarlarini "nazoratdan tashqari" SI poygasida pauza qilishga chaqirgan. Yangi kompaniya esa uning SI "sivilizatsiya halokatiga" olib kelishi mumkinligi haqidagi ushbu ogohlantirishidan bir necha oy o‘tib tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask ushbu kompaniyani aprel oyida  AQSHning Nevada shtatida ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ilon Mask ChatGPT xAI

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing