Ilon Mask Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha taklif berdi. Rasmiy Kiyev unga norozilik bildirdi
Olam
−
04 Oktabr 2022
22932Amerikalik biznesmen, milliarder Ilon Mask Ukraina atrofidagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha o‘z qarashlari haqida gapirdi.
Twitter’da u Ukraina va Rossiya o‘rtasida tinchlikka erishish uchun zarur bo‘lgan to‘rtta shartni aytib o‘tdi. Maskning so‘zlariga ko‘ra, BMT nazorati ostidagi yangi, shaffof referendumlar Rossiya tomonidan qo‘shib olingan hududlarda o‘tkazilishi kerak va agar aholi o‘z yerlari Ukraina tarkibida qolishi uchun ovoz bersa, Rossiya chekinishi shart. Maskning fikricha, Qrim Rossiyada qolishi kerak. Qrim ham suv ta’minoti kafolatlarini olishi kerak. Nihoyat, Ukraina betaraf qolishi kerak.
Maskning fikricha, natija bir xil qarorlarga olib kelishi mumkin, farq faqat urushayotgan tomonlar ular uchun qanday narx to‘lashida. Uning fikricha, muqobil natija yadroviy urush bo‘lishi mumkin.
Mask o‘z posti ostida ovoz berishni ochib, kuzatuvchilarini uning takliflarini qo‘llab-quvvatlashga yoki rad etishga chaqirdi. Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da unga 700 mingga yaqin odam ovoz berdi, ulardan 59,6 foizi milliarderning taklifiga qarshi bo‘ldi, 40,4 foizi uni yoqladi. Tvitni joylashtirganidan ko‘p o‘tmay Mask botlar hujumidan shikoyat qildi.
Ilon Maskning tviti ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, Ukraina rasmiylari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xususan, Ukraina Prezidenti devoni rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak unga javoban o‘zining uchta tezisini ilgari surdi: Ukraina o‘z hududlarini, jumladan Qrimni ham ozod qiladi; Rossiyani demilitarizatsiya qilish va yadro qurolidan mahrum qilish kerak; harbiy jinoyatchilar esa mahkamaga tortilishi kerak.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida muqobil so‘rovnoma o‘tkazdi va obunachilardan qaysi Ilon Maskni ko‘proq yoqtirishini so‘radi: Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchimi yoki Rossiya tarafdagimi.
LiveBarchasi