Ilon Mask koronavirusga bir kunda to‘rt marta test topshirdi. Natijalar har xil

Olam

image

SpaceX kompaniyasi Bosh direktori, amerikalik tadbirkor Ilon Mask bugun, 13 noyabr kunining o‘zida to‘rt marotaba koronavirus infeksiyasiga test topshirdi. Testlarning ikkitasida musbat, ikkitasida manfiy natija aniqlandi. Bu haqda u o‘zining Twitter'dagi sahifasida ma’lum qilgan. 

"Qandaydir bema’nilik sodir bo‘lyapti. Bugunning o‘zida to‘rt marta SOVID testi o‘tkazildi. Natijalarning esa ikkitasi musbat, ikkitasi manfiy", deb yozgan tadbirkor. 

Uning ta’kidlashicha, test jarayonlarida hatto hamshira ham o‘zgarmagan. 

Mask testlar Becton, Dickinson and Company kompaniyasiga tegishli bo‘lganini ma’lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask koronavirus pandemiyasi davrida eng ko‘p foyda ko‘rgan milliarderlar qatoridan joy olgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Ilon Mask

Baholaganlar

283

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing