Ilon Mask dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida uchinchi o‘ringa tushib ketdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask “Bloomberg” agentligi versiyasiga ko‘ra, dunyoning eng boy odamlari reytingida uchinchi o‘ringa tushib ketdi.

Agentlik Ilon Maksning boyligini 160,6 milliard dollarga baholagan. 

Qayd etilishicha, amerikalik tadbirkor Tesla aksiyalari qiymatining pasayishi tufayli 3 milliard dollardan ko‘proq zarar ko‘rgan.

Fransiyaning LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) kompaniyasi bosh direktori Bernard Arno ro‘yxatning ikkinchi o‘rniga ko‘tarilgan. “Bloomberg” agentligi uning boyligini 161,2 milliard dollarga baholagan. 

Hozirda Amazon rahbari Jeff Bezos 190 milliard dollar bilan eng boy odamlar reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Biroq “Forbes” jurnali Ilon Mask boylik bo‘yicha hali ham Amazon rahbari Bezosdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi, deb hisoblamoqda. Jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 151 milliard dollarni tashkil etadi.

Sardor Nurmatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

161

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing