Ilon Mask dunyodagi eng boy odamga aylandi

Olam

image

Tesla va SpaceX bosh direktori Ilon Mask Amazon rahbari Jeff Bezosni ortda qoldirib, dunyodagi eng boy odamga aylandi. Bu haqda bugun, 7 yanvar kuni CNBC telekanali berdi.

Telekanal mutaxassislarining fikriga ko‘ra, Maskning boyligi Tesla aksiyalarining birja savdolaridagi aksiyalari narxining ko‘tarilishi fonida 185 milliard dollarga yetgan. Bezos aktivlarining umumiy qiymati esa, 184 milliard dollarga baholanmoqda.

AQSHda birja savdosi hali ham davom etmoqda. Sessiya bir necha soatdan keyin tugaydi.

Bloomberg tomonidan tuzilgan dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida Mask 6 yanvar kungi ma’lumotlarga ko‘ra, hali ham ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Uning boyligi 181 milliard dollarga baholanmoqda. Bezos esa, birinchi o‘rinda (184 milliard dollar). 2020 yil noyabr oyi oxirida Mask Microsoft asoschisi Bill Geytsdan oldinda ko‘rsatilgan reytingda ikkinchi o‘rinni egallagandi.

So‘nggi 13 oy ichida Maskning boyligi 100 milliard dollardan oshdi. 2020 yil yanvarida Mask Bloomberg reytingida 35-o‘rinni egallagandi. Uning boyligi oshishining asosiy sababi Tesla kapitallashuvining o‘sishi bo‘lgan. 2020 yil yanvar oyida u 100 milliard dollardan kam bo‘lgan va hozirda taxminan 750 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Tesla 2003 yilda Ilon Mask tomonidan tashkil etilgan. Dastlab kompaniya elektr transport vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ammo keyinchalik u energiya yig‘ish tizimini rivojlantira boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

974

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing