Ilon Mask dunyo boylari reytingida uchinchi o‘ringa chiqib oldi – “Bloomberg”

Olam

image
Jeff Bezosning boyligi 200 milliard dollarga yetdi north_east

Jeff Bezosning boyligi 200 milliard dollarga yetdi

Amerikalik ixtirochi-tadbirkor Ilon Mask dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida uchinchi o‘ringa chiqib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Facebook asoschisi Mark Sukerbergni ortda qoldirdi. Bu haqda “Bloomberg” axborot agentligi xabar berdi.

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, dushanba kuni Tesla va SpaceX asoschisining boyligi 111,3 milliard dollardan oshdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra Mask, 110,5 milliard dollarlik aktivlarga ega bo‘lgan Facebook asoschisidan o‘zib ketdi.

Ikkinchi o‘rinni 125 milliard dollar bilan Amerikaning Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts egallagan bo‘lsa, birinchi o‘rinni dunyodagi eng yirik Internet savdo do‘koni asoschisi Jeff Bezos yegallab turibdi. 

“Bloomberg” uning boyligini 200 milliard dollarga baholamoqda. 

“Bloomberg”ning ta’kidlashicha, Maskning boyligi o‘sishining asosiy omili Tesla aksiyalari narxining keskin ko‘tarilishi bo‘lgan. 

Agentlikning hisob-kitoblariga ko‘ra, yil boshidan buyon kompaniya aksiyalari qiymati 475 foizga oshdi va kompaniya asoschisi 76 milliard dollarga boyidi.

Tesla 2003 yilda Mask tomonidan tashkil etilgan. Dastlab u Tesla Motors deb nomlangan, keyinchalik Tesla deb o‘zgartirilgan.

Dastlab kompaniya faqat elektr transport vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ammo keyinchalik u quyosh batareyalari va boshqa energiya saqlash tizimlarini yaratishga kirishgan.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

386

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing