Ilon Mask bir haftada 11,5 mlrd dollar ishlab topdi

Jamiyat 9124
image

Tesla va SpaceX rahbari Ilon Maskning boyligi kompaniyalar aksiyalari narxining ko‘tarilishi fonida bir hafta ichida 11,5 milliard dollarga o‘sgan. Tesla aksiyalari hafta davomida 7,4 foizga yuqorilagan. Bu haqda “Forbes” jurnali xabar bermoqda.

Google kompaniyasining asoschilari Sergey Brin va Larri Peyj ushbu haftada Google kompaniyasining “boshi” bo‘lgan Alphabet aksiyalari 14 foizga oshganidan so‘ng, mos ravishda 10,4 milliard va 10 milliard dollar ishlab topgan.

Sayyoradagi eng boy odam – Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi bir hafta ichida 7,7 milliard dollarga oshdi, Amazon aksiyalari 4,6 foizga o‘sdi. Avvalroq, kompaniyani 26 yildan beri boshqarib kelayotgan Bezos bosh direktor lavozimidan ketishini ma’lum qilgandi. Uning o‘rnini Endi Amazon veb-servislari rahbari Endi Yassi egallaydi.

Xitoyning Pinduoduo platformasi asoschisi Kolin Chjen Xuang bu hafta Pinduoduo aksiyalari 18 foizdan oshib ketganidan keyin 10,7 milliard dollar ishlab topgan.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 470
Reyting: 3
t
×