Ilon Mask antirekord o‘rnatdi

Olam

image

Bir yildan sal ko‘proq vaqt oldin 200 milliard dollardan ortiq shaxsiy boylik to‘plagan dunyodagi ikkinchi odamga (birinchi o‘rinda Amazon kompaniyasi rahbari Jef Bezos edi) aylangan Ilon Mask endilikda yangi jahon antirekordini o‘rnatdi – u Yer tarixida 200 milliard dollardan ortiq shaxsiy kapitalini yo‘qotgan birinchi odamga aylandi. Bu haqda “3dnews” nashri habar berdi.

Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, Ilon Maskning shaxsiy boyligi hozirda 137 milliard dollarga baholanayotgan bo‘lsa, o‘tgan yilning noyabrida bu ko‘rsatkich 340 milliard dollarni tashkil etardi. Twitter’ni sotib olishi, shuningdek, dekabr oyi boshida Tesla aksiyalari qiymatining keskin pasayishi fonida Maskning sayyoradagi eng boy odamligi davri tugadi.

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yil oktyabr oyida Tesla aksiyalarining bozor qiymati birinchi marta 1 trillion dollardan oshgan edi. O‘shandan beri Tesla aksiyalari 70 foizga tushib ketdi va bu Maskning boyligini avvalgi darajadan pastga tushirdi.

Qayd etilishicha, Twitter’ni xarid qilishi Mask Tesla aksiyalarini sotishga majbur bo‘lgan vaziyatni yanada kuchaytirgan. Bugungi kunda Ilon Maskning Spacye Exploration Technologies aksiyalaridagi boyligi Tesla aksiyalaridagi boyligidan 44,8 milliard dollarga ko‘p. Maskning Tesla’dagi aktivi esa 44 milliard dollarga baholanmoqda.

Shuningdek, Ilon Maskning moliyaviy masalalari Twitter xarajatlarini tejash jarayoni bilan tuzatilishi taxmin qilinmoqda. Uning buyrug‘i bilan ofislarni qo‘riqlash va tozalash uchun to‘lovlarni tejash boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq fransiyalik hashamatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi LVMH (Louis Vuitton) egasi Bernard Arno dunyodagi eng boy odam bo‘lgani xabar qilingandi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing