Ilon Mask 21 mlrddan ortiq mablag‘ yo‘qotdi

Olam

image

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Tesla kompaniyasi aksiyalari narxining pasayishi natijasida 21 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ yo‘qotdi. Buni real vaqt rejimida o‘tkaziladigan Forbes milliarderlar reytingi ma’lumotlari tasdiqlaydi.  

Qayd etilishicha, Maskning boyligi 21,5 milliard dollarga yoki 8,84 foizga kamaygan. Shunday qilib, hozirda uning boyligi 221,3 milliard dollarni tashkil etadi. Biroq, Forbes milliarderlar reytingi ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, amerikalik tadbirkor hamon sayyoraning eng boy odamlari ro‘yxatida yetakchi. Ikkinchi o‘rinda Fransiya kompaniyalari LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) guruhining bosh direktori Bernard Arno (188,6 milliard dollar) turadi. Kuchli uchlikni Amazon elektron tijorat kompaniyasi rahbari Jeff Bezos 165,8 milliard dollar bilan yakunlab beradi. 

Ma’lum qilinishicha, Tesla aksiyalari Toshkent vaqti bilan bugun, 28 yanvar 01:26 holatiga ko‘ra, har bir qimmatli qog‘oz uchun 10,75 foizga 837 dollarni tashkil etgan.

Ma’lumot o‘rnida, Tesla kompaniyasiga 2003 yilda Ilon Mask tomonidan asos solingan. Uning shtab-kvartirasi Kaliforniyaning Palo-Alto shahrida joylashgan. Dastlab kompaniya faqat elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi, keyinchalik esa quyosh panellari va boshqa energiya saqlash tizimlarini yaratishga kirishdi.

Bundan tashqari, Mask kosmik texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi va orbital parvozlarni amalga oshiruvchi SpaceX kompaniyasining asoschisi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 yanvar kuni Ilon Maskning boyligi Tesla kompaniyasi aksiyalarining sezilarli darajada oshishi natijasida bir kunda 32,6 milliard dollarga ortib, 304,2 milliard dollarga yetgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

841

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing