Ilon Mask 100 mln dollarlik tanlov e’lon qildi
Olam
−
22 yanvar 2021
15569SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask AQSHning Mayami shahrida nam, toshqin xavfi ostida tunnellar qurishni taklif qildi.
Qayd etilishicha, shahar hokimlari odatda Maskning g‘oyalarini juda yaxshi ko‘radi, ammo Florida shtatida ko‘pchilik shtatning janubidagi botqoqli yer osti suvlari sayozligini aytgan.
"Tiqilinchga tiqilib qolgan yengil avtomobillar va yuk mashinalari zaharli gazlar va qattiq zarralar ishlab chiqaradi. Ammo BoringCompany'ning Mayamida quriladigan yo‘l tunnellari transport harakatlanishi muammosini hal qiladi va butun dunyoga namuna bo‘ladi", deb yozgan Mask hafta boshida o‘z mikroblogida.
Shuningdek, u Florida gubernatori Ron Desantis bilan loyihani muhokama qilganini ta’kidlagan.
Amerikalik tadbirkorning bir necha soat oldin Twitter'ga joylagan posti ham uning kuzatuvchilarini qiziqtirib qo‘ygan. U postda yuz million dollar pul mukofoti haqida e’lon bergan.
"Men karbonat angidrid gazini olishning eng yaxshi texnologiyasi uchun 100 million dollarni mukofot sifatida topshirishga tayyorman", degan Mask.
U loyihaning tafsilotlari haqida kelasi hafta ma’lum qilishga va’da bergan.
LiveBarchasi