Ilon Mask ham “Manchester Yunayted” klubi xaridorlari safida
Sport
−
14 fevral 2023 5111 1 daqiqa
Dunyoning ikkinchi eng boy odami Ilon Mask “Manchester Yunayted”ni qo‘lga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, klubni sotib olish uchun Uzoq Sharq, Yaqin Sharq va Qo‘shma Shtatlardan takliflar kelgan. “Manchester Yunayted” muxlisi bo‘lgan britaniyalik milliarder Ser Jim Retkliff, shuningdek, Ilon Mask ham klub sotilishini eshitgach, o‘z taklifi bilan chiqqan. Klub 4,5 milliard funt sterling (taxminan 5,46 mlrd dollar)ga baholanmoqda va bu narx oshishi ham mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, “Manchester Yunayted” egalari Gleyzerlar 2022 yil noyabr oyida sotib olish bo‘yicha takliflarni tinglashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.
Mushtariy G‘aniyeva
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr