Ilm-fan ham siyosiylashdi. Rossiyalik va xitoylik olimlar Yaponiyadagi ilmiy loyihalardan chetlatildi

Olam

image

Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi qoshidagi Koinot va kosmonavtika instituti xorijiy mutaxassislarni jalb qilishni, shuningdek, qator davlatlar, jumladan, Rossiya va Xitoydan talabalarni qabul qilishni taqiqladi. Bu haqda bugun, 24 mart kuni “Kyodo” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tegishli qaror 2022 yilning sentyabr oyidan kuchga kirgan. Biroq na aerokosmik tadqiqotlar agentligi, na Koinot va kosmonavtika instituti mazkur qarorga rasman izoh bergan. Ta’kidlanishicha, aerokosmik agentlik sun’iy yo‘ldosh va raketalarni yaratishda qo‘llaniladigan texnologiyalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida shunday qadam tashlagan. Cheklovlar ostida Rossiya Federatsiyasi va Xitoy mutaxassislaridan tashqari KXDR, Eron, Iroq va Belarus fuqarolari ham bor.

Shu bilan birga, ma’lum kasblarda ishlaydigan Xitoy fuqarolari uchun individual istisnolar joriy etilgan.

Shuningdek, qattiqlashtirilgan standartlar yangi qoidalar qabul qilingunga qadar Koinot va kosmonavtika institutiga ishlash yoki o‘qish uchun borgan ushbu mamlakatlar fuqarolariga nisbatan qo‘llanilmasligi ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

xitoylik olimlar Rossiyalik olimlar ilmiy loyihalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar