Ilk marta: Nazarboyev nabirasining o‘limi haqida gapirdi

Olam

image

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev nabirasi Oysultonning vafoti haqida birinchi marta gapirib, uning bu hayotdan erta ketgani uchun juda afsuslanganini aytdi.

“Mening uchta qizimdan ajoyib nabiralarim bor. Afsuski, bu yil menga juda o‘xshash bo‘lgan bir nabiramizdan ayrildik. Uning bizni juda erta tashlab ketganidan afsusdaman. Biz uni hech qayerga jo‘natolmadik, lekin, bu imkonsiz edi, u allaqachon bu narsanig “quli” edi, to‘xtata olmadi. Biz uni Moskvada davoladik, Londonda davoladik, u tashqariga chiqib, [giyohvandlikka] qaytganday tuyuldi” deydi Nazarboyev “Portretga chizgilar” hujjatli filmida.

2020 yil 16 avgustda Qozog‘iston Senatining (parlamentning yuqori palatasi) sobiq raisi Dariga Nazarboyeva o‘g‘li 29 yoshli Oysultan vafot etganini e’lon qildi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, u Londonda vafot etgan. Uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.

Oysultan – Qozog‘iston Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyevaning o‘g‘li. Nazarboyevaning o‘zi 2020 yil may oyining boshigacha Senat spikeri bo‘lib ishlagan. Oysultonning otasi Rohat Aliyev turli yillarda Respublika davlat daromadlari vazirining birinchi o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Respublikaning Avstriyadagi elchisi bo‘lib ishlagan, Nurbankning asosiy aksiyadorlaridan biri bo‘lgan. 2007 yilda unga “Nurbank” ning sobiq raisi Abilmazhin Gilimov va uning o‘rinbosari Zoldas Timraliyevni o‘g‘irlashda ayblov qo‘yilgan. Raxat Aliyev bir muddat Avstriyada yashagan, u yerda siyosiy boshpana olgan, keyin Qozog‘iston Hukumatining iltimosiga binoan. hibsga olingan va qamoqda bo‘lgan. 2015 yilda u o‘z kamerasida o‘lik holda topilgan.

Oysulton Ostona (sobiq Qozog‘iston poytaxti) shahridagi Xalqaro ta’lim kollejida, shuningdek, Avstriyadagi Amerika xalqaro maktab-internatida tahsil olgan. 2010 yilda u Sandxerstdagi Buyuk Britaniyaning Qirollik harbiy akademiyasini tugatgan va 2012 yilda Qozog‘iston Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasida ishlay boshlagan. U yerda bir yil xizmat qilgan.

Oysulton Nazarboyev joriy yil boshidan beri ijtimoiy tarmoqlardagi kutilmagan postlari sabab jamoatchilik diqqat markazida paydo bo‘lgandi.

Shunday postlardan birida u oila sirini OAVga olib chiqqandi. Oysulton Nursulton Nazarboyev bobosi emas, otasi ekanini aytgan. Boshqasida esa hukumatdagilarni poraxo‘rlikda ayblagan.

Bundan tashqari, u yanvar oyida o‘z joniga qasd qilishga uringandi. Oysulton giyohvand moddalarga mukkasidan ketgani, shuning uchun shifoxonada davolangani haqida xabarlar tarqalgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

994

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing