Ilk bora ayol kishi DSI rahbari etib tayinlandi

Jamiyat

image

Davlat soliq qo‘mitasi buyrug‘iga binoan Nargis Zaribjanovna Islomova Toshkent shahar Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Nargis Islomova yangi lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi Soliq tekshiruvlari va mavzuli ekspress-o‘rganishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Nargis Islomova 1970 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1993 yildan buyon davlat soliq organlari tizimida mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda.

Nargis Islomova Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini Muhandis-iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Shuningdek, u Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi maxsus unvoniga ega.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov DSQ

Baholaganlar

228

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing