Ilk bor O‘zbekistondan Afg‘oniston orqali Pokistonga yuk tashuvi amalga oshirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonlik haydovchilar ilk marotaba O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston yo‘nalishi bo‘ylab yuk tashuvlarini muvafaqiyatli ravishda amalga oshirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Toshkent – Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshavor – Karachi” yo‘nalishi bo‘ylab 2760 km yo‘lni bosib o‘tgan o‘zbekistonlik haydovchilar Karachi portidan ortilgan yukni (muzlatilgan go‘sht) bir haftada Toshkentga olib kelgan.

Vazirlikning qayd etishicha, rivojlanayotgan iqtisodiy aloqalarning kengayishida Pokiston Islom Respublikasi bilan transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarning ahamiyati nihoyatda katta.

Joriy yilning 26-27 mart kunlari Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi, Afg‘oniston va Pokiston Islom Respublikasining yirik transport-logistika kompaniyalari, Xalqaro avtomobil tashuvchilari uyushmasi hamda transport va bojxona idoralari vakillari ishtirokida transport masalalari bo‘yicha uch tomonlama ishchi guruhining uchrashuvi tashkil etilgan. 

Uchrashuvda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston davlatlari hududi bo‘ylab avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal etish masalalari yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilab olingan. 

“Uch tomonlama sa’y-harakatlar natijasida bugun ushbu transport koridorining to‘laqonli faoliyat yuritishi, yuklarning qisqa fursatlarda, xavfsiz ravishda belgilangan manziliga yetkazilishi ta’minlanmoqda”, deyiladi xabarda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

171

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing