Ilk bor: Bakudan uchgan samolyot Qorabog‘ga qo‘ndi (video) 

Olam

image

Bugun, 5 sentyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Bakudan Qorabog‘ga uchgan birinchi samolyot Fuzuli shahri xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Tog‘li Qorabog‘ning Fuzuli rayoni 2020 yil oxirida yuz bergan mojarodan so‘ng, Ozarbayjon nazoratiga o‘tgan.

1News telekanalining xabar berishicha, Ozarbayjon havo yo‘llarining Airbus A340-500 yo‘lovchi samolyoti Fuzuliga qo‘ngan. Aeroportda uzunligi 3 ming metr va kengligi 60 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi ishga tushirilgan. 

Bundan tashqari, aeroport Xalqaro fuqaro aviatsiyasi talablariga muvofiq parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘nish va navigatsiya tizimlari, yorug‘lik, birlamchi va ikkilamchi radar tizimlari bilan jihozlangan, bu aeroportga har qanday turdagi samolyotlarni qabul qilish imkonini beradi. 

Qayd etilishicha, sentyabr oyining oxirigacha yo‘lovchi terminali qurilishini yakunlash rejalashtirilgan. Fuzuli xalqaro aeroporti qurilishi 2021 yil fevral oyida boshlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

171

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing