Ilhom Mahkamov Transport vazirligini vaqtincha boshqaruvchi vazifasiga tayinlandi

Jamiyat

image

Ilhom Rustamovich Mahkamov O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda. 

Tayinlov Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 oktyabrdagi 670-son qarori bilan amalga oshirildi. 

Ma’lumot o‘rnida, Ilhom Mahkamov shu kunga qadar Transport vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyining boshlarida Elyor G‘aniyev Transport vaziri lavozimidan ozod qilingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing