Ilhom Aliyevning sobiq qo‘riqchisi Turkiyada o‘lik holda topildi

Olam

image

Kecha, 27 avgust kuni Turkiyaning Qushadasi shahridagi mehmonxonalardan birida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning sobiq qo‘riqchisi o‘lik holda topildi. Bu haqda “Turkiye” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, besh yulduzli mehmonxonada 50 yoshli Mahir Mamedovning jasadi turmush o‘rtog‘i tomonidan aniqlangan. Mamedov oilasi bilan Qushadasiga dam olish uchun borgan. U nonushtadan keyin xonasiga ko‘tarilgan, xotini bilan o‘g‘li esa aylangani ketgan va qaytib kelganida xonada jasadni aniqlagan.

“Xabar olingach, mehmonxonaga 112 tez tibbiy yordam brigadasi va politsiya yuborildi. Tibbiyot xodimlari o‘tkazgan ko‘rik natijasida Mahir Mamedovning vafot etgani aniqlandi. Ma’lum muddat Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning shaxsiy qo‘riqchisi bo‘lgan Mahir Mamedov o‘limining sababini aniqlash uchun uning jasadi Izmirdagi sud-tibbiyot o‘likxonasiga yuboriladi va u yerda murda yorib ko‘riladi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Ilhom Aliev qo'riqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made