Ilhom Aliyev “O‘zbekneftgaz” rahbari bilan uchrashdi

Olam

image

Bugun, 4 mart kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi bosh direktori Nail Maganov, Qozog‘istonning “KazMunayGaz” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Asxat Xasenov va “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Bahodir Sidiqovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ozarbayjon rahbari mamlakatlar o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlikning yangi bosqichi boshlanganini aytib, bunga tayyorgarlik ishlari muvaffaqiyatli olib borilganini ta’kidlagan.

Shuningdek, Ilhom Aliyev Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston neft kompaniyalari o‘rtasida juda yaqin ishlab chiqarish aloqalari allaqachon yo‘lga qo‘yilganini qayd etgan.

“Prezident ikki tomonlama formatda qator loyihalar amalga oshirilayotganini ta’kidlab, bu boradagi sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimligiga to‘xtaldi”, deyiladi xabarda.

Qolaversa, suhbat chog‘ida yangi tashkil etilgan hamkorlik formatining istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan va bu mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qilishiga umid bildirgan.

Qayd etilishicha, hamkorlikning ushbu yangi formati boshqa xorijiy kompaniyalar ham ishtirok etishi uchun ochiqdir.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekneftgaz Ozarbayjon Ilhom Aliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing