Ilhom Aliyev Toshkentda! Uni Aripov qarshiladi

Jamiyat

image

Bugun, 21 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Toshkentga yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida Aliyevni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Tashrifning asosiy tadbirlari bugun bo‘lib o‘tadi. Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. Ularning natijalari bo‘yicha sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi, energetika, ilm-fan va innovatsiyalar, turizm va boshqa sohalarga doir ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Ertaga Xiva shahridagi tarixiy yodgorliklarni ziyorat qilish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

224

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing