Ilhom Aliyev Kremlda. Putin Ozarbayjon Prezidentini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

Olam

image_2021-07-20_21-46-36

Avvalroq Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev ishchi tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga borayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 20 iyul kuni Ozarbayjon Prezidentining samolyoti Rossiya poytaxti Moskvadagi Vnukovo-2 xalqaro aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Ozarbayjon Prezidenti Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha , Ilhom Aliyevni aeroportda Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko boshchiligidagi bir qator rasmiylar kutib olgan.

Vladimir Putin Kremlda start olgan Rossiya – Ozarbayjon davlat rahbarlarining muzokaralarini Ilhom Aliyevni Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklashdan boshlagan.

“Hayit muborak! Bayramingiz muborak [Qurbon hayiti]! Sizni tabriklayman, barcha eng ezgu tilaklarni bildiraman”, deydi Putin. O‘z navbatida, Ilhom Aliyev ushbu iliq qutlovga minnatdorlik bildirgan.

Putin so‘zida davom etar ekan, keyingi yil Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 30 yil to‘lishini qayd etgan.

“Kelasi yili bizda katta bayram — diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi kutib turibdi”, deydi Rossiya Prezidenti.

Qayd etish kerakki, Ozarbayjon davlat rahbarining Moskvaga tashrifi aynan Rossiya tomonidan berilgan taklifga binoan amalga oshirilgan. Albatta, Vladimir Vladimirovich o‘z so‘zida  Ilhom Aliyevga tashrifga rozilik bergani uchun rahmat aytgan.

«Kelishga rozi bo‘lganingiz uchun minnatdorman. Xudoga shukur, munosabatlarimiz koronavirusdan so‘ng tiklanmoqda, demak, avvalambor, iqtisodiyot. O‘tgan yili ma’lum bir pasayish yuz berdi, endi esa barqaror o‘sish va tiklanishning guvohi bo‘lmoqdamiz ”, deydi Putin.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama aloqalar bilan bir qatorda mintaaviy masalalar ham muhokama qilindi. Ozarbayjon tomoni Tog‘li Qorabog‘ mojarosidan keyingi davr iloji boricha og‘riqsiz bo‘lishining tarafdori ekanini ma’lum qildi.

«Biz mojarodan keyingi davr iloji boricha dardsiz davom etishini ta’minlashga at’iy Sharor Childik. Men buni birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan amalga oshiramiz, deb o‘ylayman ”, deydi Ilhom Aliyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing