Ilhom Aliyev qizi va rafiqasi bilan Armanistondan ozod qilingan 2 hududga bordi

Olam

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Birinchi xonim Mehribon Aliyeva va ularning qizi Leyla Aliyeva Armaniston ishg‘olidan ozod qilingan Jebrayil va Zangilon viloyatlariga tashrif buyurdi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Prezident Jebrayil viloyatida chegara bo‘linmasining ochilishida ishtirok etgan, u yerda Aliyev samolyotlar va zirhli mashinalarini ko‘zdan kechirgan.

Shundan so‘ng, Ozarbayjon rahbari Zangilon tumani Agali qishlog‘iga yo‘l olgan, u yerda “Aqlli qishloq” loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Davlat rahbari loyihada ishtirok etayotgan xorijiy kompaniya vakillari bilan videokonferensiya uchrashuvi o‘tkazgan. Prezident Turkiya kompaniyalarining Armaniston ishg‘olidan ozod qilingan mamlakat hududlaridagi loyihalardagi ishtirokini yuqori baholagan.

Prezident Ilhom Aliyev va Birinchi xonim Mehribon Aliyeva Zangilondagi xalqaro aeroportga poydevor qo‘yish marosimida qatnashgan. Aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagining uzunligi 3 kilometrni tashkil qiladi. Shuningdek, yuk samolyotlari ham yangi havo bandargohiga qo‘nishi mumkin.

“Zangilonning geografik joylashuvi transport-logistika markaziga aylanish uchun qulaylik yaratmoqda. Bu yerda aeroport qurilishi bejiz emas. Fizuli, Zangilon va Lochindagi aeroportlar butun Qorabog‘ mintaqasi va Zangezurning sharqiy qismini qamrab olishga imkon beradi. Shuningdek, Zangilon orqali Naxchivan tomon temir yo‘l va magistral yo‘l tortiladi” deydi Prezident.

Ozarbayjon Prezidenti Zangilan-Horadiz yo‘lining poydevorini qo‘yishda ham ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

244

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing