Ilhom Aliyev armanlardan ozod qilingan Kalbajar va Lochin tumanlariga bordi

Olam

image

Kecha, 16 avgust kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev birinchi xonim Mehribon Aliyeva bilan Tog‘li Qorabog‘ning Armaniston bosqinidan ozod qilingan Kalbajar va Lochin tumanlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida davlat rahbari va birinchi xonim Toganali-Kalbajar trassasida Murovdag‘, Kalbajar-Lochin avtomagistrali va Lochin xalqaro aeroportida quriladigan tunnellarning poydevorini qo‘ydi. Kalbajar kichik gidroelektr stansiyasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, 110/35/10-kilovoltli “Kalbajar” podstansiyasini ochdi.

Shundan so‘ng, Prezident Ilhom Aliyev Kalbajar shahrida Ozarbayjon davlat bayrog‘ini ko‘tarib, nutq so‘zladi.

Shuningdek, Prezident Kalbajar shahridagi harbiy qismda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, “Istisu” sanatoriyasiga ham tashrif buyurdi hamda Lochin tumanidagi Kalbajar-Minkend yo‘li qurilishi ishlari bilan tanishdi.

Ma’lumot o‘rnida, Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi mojaro 2020 yil 27 sentyabrda faol jangovar harakatlar boshlanishi bilan keskinlashdi. O‘sha yilning 9 noyabrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan imzolagan uch tomonlama bayonot mojaro zonasida harbiy harakatlarning to‘liq to‘xtashiga imkon yaratdi. Ozarbayjon va Armaniston tomonlari egallab olgan pozitsiyalarida to‘xtashdi, bir qator hududlar Baku nazorati ostiga o‘tdi, Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda arman-ozar chegarasida otishma avj olib, ikki mamlakat Mudofaa vazirliklari bir-birini o‘q uzishni boshlashda ayblab kelyotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing