Ilhom Aliyev Abduhoshim Ismoilovni mukofotladi

Olam

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bir guruh O‘zbekiston fuqarolarini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda Prezident saytida xabar qilingan.

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun quyidagilar mukofotlandi:

•    Hoshimjon Ismoilov (O‘zbekiston xalq artisti, mashhur sozanda Abduhoshim Ismoilov);

•    Nosirli Ali Haydar o‘g‘li (Toshkentdagi Ozarbayjon madaniy markazi faoli, sirdaryolik ozar shoir Ali Nosirli);

•    Kamoliddin Turdimuratovich O‘rinboyev (O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist).

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev to‘rt nafar Ozarbayjon fuqarosini mukofotlagani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev

Baholaganlar

520

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing