Ikkiyuzlamachi siyosatchilar faktlarni o‘zgartira olmaydi – Xitoy TIV Trampga javob qaytardi

Olam

image

Xitoy rasmiylari AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampni tuhmatlari real faktlarni o‘zgartirishga qodir bo‘lmagan “ikkiyuzlamachi siyosatchi” deb hisoblaydi. Bu haqda bugun, 20 dekabr kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi Chjao Litszyan ma’lum qildi.

“Bunday ikkiyuzlamachi siyosatchilar aybni boshqalarning zimmasiga yuklashga qanchalik urinmasin, haqiqiy faktlarni o‘zgartira olmaydi. Tramp bir necha bor pandemiya uchun javobgarlikni Xitoy zimmasiga yuklamoqchi bo‘lgan, ammo bu bilan u AQSHda koronavirus tarqalishi uchun birinchi navbatda o‘zi aybdor ekanini doimo eslatib turmoqda”, dedi u brifingda.

Chjao Litszyanning ta’kidlashicha, Trampning Xitoy AQSHga zarar yetkazayotgani haqidagi da’volari mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Xitoy-AQSH munosabatlari tabiatan o‘zaro manfaatli”.

Shuningdek, u Amerika Qo‘shma Shtatlari rasmiylari “bozor iqtisodiyoti tamoyillarini mensimagan holda” Xitoy kompaniyalariga doimiy ravishda bosim o‘tkazayotganini eslatgan.

Avvalroq Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Xitoy SARS-COV-2 koronavirusi paydo bo‘lishi va tarqalishi uchun aybdor ekanini, shu sababdan dunyoga tovon to‘lashi kerakligini aytgandi. U, shuningdek, Amerika iqtisodiyoti Xitoy siyosati tufayli yiliga 500 milliard dollar yo‘qotayotganini ta’kidlagan.

Telekanal jurnalisti bilan suhbati chog‘ida sobiq Prezident Xitoy raisi Si Szinpinni “qotil” deb atagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

139

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing