Ikkita aviatashuvchi Yaqin Sharqda: AQSH mintaqada yirik kuch to‘plamoqda

Olam

image

Dunyodagi eng yirik aviatashuvchi – “USS Gerald R. Ford” Krit orolidagi Suda-Bey harbiy bazasiga kelib to‘xtagan. Kema Yaqin Sharqda kuchaytirilayotgan AQSH harbiy guruhiga qo‘shilish oldidan to‘rt kunlik yoqilg‘i quyish va texnik tayyorgarlik ishlarini o‘tkazishi kutilmoqda. Uni esminets USS Mahan kuzatib kelgan. Bu haqda “Euronews” yozdi.

Esminets – bu katta tezlikka ega, zamonaviy qurollar bilan jihozlangan harbiy kema turi. U odatda flotni himoya qilish, dushman kemalari va samolyotlariga qarshi kurashish, shuningdek suvosti kemalarini yo‘q qilish vazifalarini bajaradi. Oddiy qilib aytganda, u avianosets yoki boshqa yirik kemalarni qo‘riqlaydigan, jangda tezkor harakat qiladigan va kuchli raketalar bilan jihozlangan harbiy kema.

Vashington Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha bosimni kuchaytirayotgan bir paytda mintaqadagi harbiy hozirlikni so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yuqori darajaga olib chiqqan. AQSH va Eron o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar Jenevada o‘tkazilishi rejalashtirilgan, biroq tomonlar harbiy ssenariy ehtimolini ham istisno etmayapti.

Hozirda mintaqada o‘ndan ortiq Vashington harbiy kemalari joylashgan. Ikkita avianosetsning bir vaqtda Yaqin Sharqda bo‘lishi kamdan kam holat hisoblanadi. USS Gerald R. Ford 75 dan ortiq harbiy samolyotni tashish imkoniyatiga ega bo‘lib, mintaqadagi kuchlar muvozanatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarning uchinchi bosqichi 26 fevral kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tishi aytilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron esminets aviatashuvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing