Ikki viloyatda pul evaziga “prava” olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi
3-sahifa
−
02 noyabr 2023
5176Farg‘onada pora evaziga "prava" olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, departamentning Quva tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.M. ikki nafar fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan test sinovlaridan o‘tkazib qo‘yish evaziga 2 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda "Vatanparvar" tashkiloti Baxmal o‘quv-sport texnika klubi boshlig‘i X.R. fuqaro Z.Z.ga haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 300 AQSH dollari va 310 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida X.R. "Sh.A" MCHJ avtomaktabi mas’ul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, olti nafar fuqaroga avtomaktabda o‘qiganligi haqida soxta hujjat rasmiylashtirib berganligi aniqlangan.
"Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi departamentning xabarida.
LiveBarchasi