Ikki viloyatda noqonuniy yo‘l bilan chetga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
3-sahifa
−
21 avgust 2025 3109 1 daqiqa
Samarqand hamda Andijon viloyatida fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan chetga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.B. fuqaro M.X.ning ishonchiga kirib, uni 28 ming dollar evaziga Meksika orqali AQSHga yuborishini va’da qilgan. U buning evaziga aytilgan pullardan 4500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “H.D.” MCHJ rahbari J.D. fuqaro G‘.A.ning ishonchiga kirib, uni Bolgariya davlatiga ishga yuborishi uchun viza olib bermoqchi bo‘lgan. J.D. oldindan 1000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida fuqaro noqonuniy yo‘llar bilan boshqa bir shaxsni Meksika orqali AQSHga jo‘natish uchun 200 million so‘m talab qilgandi.
Live
Barchasi