Ikki viloyatda kreditni cho‘ntagiga urgan korxona rahbarlari aniqlandi

Jamiyat

image

Surxondaryo hamda Farg‘onada imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan oilaviy korxona rahbarlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, dastlabki holat “Mikrokreditbank” ATB Surxondaryo viloyati mintaqaviy filialining “L.T.” oilaviy korxona rahbari X.B. va boshqalar tikuvchilikni rivojlantirish uchun ajratilgan 622,9 mln so‘m imtiyozli kreditni o‘zlashtirib olgan.

Shuningdek, shu bankning Front-ofis bo‘limi sobiq boshlig‘i A.U. ushbu maqsadsiz ishlatilgan kredit qarzdorliklarini to‘lash uchun yangi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tashkil etgan. Bankdan kredit olib berish evaziga oilaviy korxona rahbari X.B.ning 30 mln so‘m naqd pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi ma’lum bo‘lgan.

Shu bilan birga departamentning Farg‘ona tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “J.S.” oilaviy korxona rahbari Y.Q. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan 23 nafar fuqaroga issiqxona qurish va chorva mollari yetkazib berish uchun ajratilgan 620 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168-moddasi (firibgarlik), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing