Ikki viloyatda qariyb 203 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi
3-sahifa
−
01 iyul 2586 1 daqiqa
Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 201 kg kannabis va 1 kg 994 gr “gashish” musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shahrisabz shahrida istiqomat qiluvchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining yashash xonadoni hovlisidagi 5,3 sotix yer maydonida issiqxona tashkil qilgan. Issiqxona ko‘zdan kechirilganda kelgusida sotish maqsadida 714 tup kannabis o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi ma’lum bo‘lgan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘simliklarning sof og‘irligi 201 kilogrammni tashkil etadi.
Bundan tashqari, Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro poytaxtning Yunusobod tumani hududida harakatlanayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari xodimlari tomonidan to‘xtatilib, tekshirilgan.
Uning qo‘lidagi sellofan paket ichida 1 kg 994 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur shaxs qo‘shni davlatdan kontrabanda qilingan ushbu giyohvandlik moddasini Toshkent shahrida sotishni rejalashtirgan.
Bildirilishicha, hozirda har ikki holat bo‘yicha narkosavdogarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo, Buxoro hamda Farg‘ona viloyatida 5 kilodan ortiq “gashish” va 7 kilo “marixuana” topilgan edi.
Live
Barchasi