Ikki viloyatda qariyb 2,1 mlrd so‘mlik “svet” va gaz o‘g‘irlandi
3-sahifa
−
08:54 550 1 daqiqa
Navoiy va Farg‘ona viloyatlarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Bosh prokuratura shtabi tomonidan Navoiy viloyatining Nurota tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “T.U.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘lgan. Oqibatda elektr ta’minoti korxonasiga 954 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, Farg‘ona tumanida fuqaro C.T. ga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan. Oqibatda gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 130 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan edi.
Live
Barchasi