Ikki viloyatda ekologiya boshqarmasi boshliqlari o‘zgardi
Jamiyat
−
05 fevral 2022 7764 1 daqiqa
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarii Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining joriy yilning 31 yanvaridagi 22k-sonli buyrug‘iga asosan Ro‘zigul Safarova Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining joriy yilning 1 fevralidagi 25k-sonli buyrug‘iga asosan G‘anisher Ibrohimov Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Live
Barchasi