Ikki viloyatda “dollarchilar” ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida noqonuniy dollar ayirboshlash bilan shug‘ullanayotganlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unga ko‘ra, departamentning Muborak tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.R. fuqarolar N.X. va I.Ch.ga 4 000 AQSH dollarini 49,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.R. fuqaro A.A.dan 4 200 AQSH dollarini 51,4 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday Olot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan F.B. 3 500 AQSH dollarini fuqaro D.Ya.ga 43 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

dollarchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar