Ikki oyda qariyb 14 mlrdlik gaz o‘marilgani aniqlandi
3-sahifa
−
04 mart 2022
6949Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistondagi gaz ta’minoti korxonalari manfaatlariga 13 milliard 770 million so‘mni so‘m zarar yetkazilgan. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yanvar-fevral oylari davomida respublika bo‘yicha 546 ta holatda ulgurji iste’molchilar tomonidan 15 million 532 ming kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Buning oqibatida gaz ta’minoti korxonalari manfaatlariga 13 milliard 770 million so‘mni so‘m zarar yetkazilgan.
Ushbu miqdardagi tabiiy gaz 1 million xonadoning bir kunlik iste’molini tashkil qiladi. Noqonuniy foydalanish holatlarining ko‘pi Xorazm, Sirdaryo, Andijon va Toshkent viloyatlarida aniqlangan.
“Aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi